Konstruksiya (bichuv, andoza, lekala)

Konstruksiyalash darslarida turli metodlardan foydalangan holda, ayollar, erkaklar va bolalar kiyim assortimenti asosiy turlarining konstruksiyalari oson, tushunarli va ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan darajada mukammal o‘rgatiladi.
Kurs davomida turli qomatlarga mos konstruksiya qurish, ulardan andozalar tayyorlash, va ularni razmerlarga ko‘paytirish (ya’ni gradasiyalash) usullari o‘rgatiladi. O‘rgatiladigan konstruksiyalash usullari bir necha bor tekshirilgan bo‘lib, zamonaviy va kamchiliklari yo‘q xisoblanadi. Kursni tamomlagan tinglovchilar mustaqil ravishda turli kiyim konstruksiyasini qura oladi, ularni modellashtiradi va andozalarini tayyorlay oladi.

teacher

Aydarkulova Kamila

Ish tajribasi: 4 yil (2023yilda)

Ish joyi: Toshkent to‘qimachilik va yengi sanoat instituti

Ilmiy darajasi: oqituvchi