Ayollar jaketini modellashtirish va tikish

Kursda ushbu amaliy va nazariy bilimlarni egallaysiz: Ayollar jaketini modellashtirish va tikish kursi darslarida ayollar qomatidan o‘lcham olish, ayollar jaketi Fransuz metodikasida asos konstruksiyasini qurish o‘rgatiladi. Shu bilan birga asos konstruksiya asosida turli fasondagi ayollar jaketini Fransuz metodikasida modellashtirish, andozalarga qo‘yiladigan talabalar asosida asosiy, hosila va yordamchi andozalarni ishlab chiqish, gazlamada bichish va texnologiya asosida tikish usullari o‘rgatiladi.

teacher

Artikbayeva Nozima Mumindjanovna

Ish tajribasi: 13 yil (2023)

Ish joyi: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Lavozimi: katta o‘qituvchi

Malaka oshirgan:

  • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bakalavr, magistratura va aspiranturasini tamomlagan
  • KITECH dasturi bo‘yicha Janubiy Koreya respublikasida malaka oshirgan
  • Fransiyaning Parij shahrida joylashgan AICP “Parij xalqaro modalar Akademiyasi” da stajirovka o‘tagan
  • Turkiyaning "Glengo technology" ve "Ticaret sanayi" kompaniyasida tekstil korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantrish uchun juda zarur hisoblangan dasturiy ta’minotda ishlash bo‘yicha malaka oshirgan.