Gemini CAD dasturida andoza yaratish va chop etish

Gemini CAD dasturi yordamida kompyuterda tikuv va trikotaj kiyimlarining konstruksiya chizmasini "0"dan boshlab qurish, texnik modellashtirish, andoza chizish mumkin.

Dastur xotirasiga kiritilgan tayyor kiyim andozalaridan foydalanib xam, texnik modellashtirish yo‘li bilan yangi kiyim andozalarini qurish mumkin. Bundan tashqari, Gemini dasturida andozalarni razmerlar bo‘yicha kompyuterda kattalashtirish (oshirish), andozalar joylashmasini bajarish, kiyimni korxonada ishlab chiqarish uchun andozalar to‘plamini tayyorlash mumkin.

Ish yakunida tayyor andozalar plotter yordamida haqiqiy o‘lchamda chop etiladi.

teacher

Shomansurova Muxtabar Shomaxsimovna

Ish tajribasi: 18 yil (2023yilda)

Ish joyi: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

Ilmiy darajasi: PHD, dosent

Malaka oshirgan:

  • Janubiy Koreya, Turkiya, Fransiya, Italiya davlatlarida malaka oshirgan