Konstruksiya (bichuv, andoza, lekala)
Konstruksiyalash darslarida turli metodlardan foydalangan holda, ayollar, erkaklar va bolalar
kiyim assortimenti asosiy turlarining konstruksiyalari oson, tushunarli va ishlab chiqarishda
qo‘llaniladigan darajada mukammal o‘rgatiladi.
Kurs davomida turli qomatlarga mos
konstruksiya
qurish, ulardan andozalar tayyorlash, va ularni razmerlarga ko‘paytirish (ya’ni gradasiyalash)
usullari o‘rgatiladi. O‘rgatiladigan konstruksiyalash usullari bir necha bor tekshirilgan
bo‘lib, zamonaviy va kamchiliklari yo‘q xisoblanadi. Kursni tamomlagan tinglovchilar mustaqil
ravishda turli kiyim konstruksiyasini qura oladi, ularni modellashtiradi va andozalarini
tayyorlay oladi.