Ayollar jaketini modellashtirish va tikish
Kursda ushbu amaliy va nazariy bilimlarni egallaysiz: Ayollar jaketini modellashtirish va tikish kursi darslarida ayollar qomatidan o‘lcham olish, ayollar jaketi Fransuz metodikasida asos konstruksiyasini qurish o‘rgatiladi. Shu bilan birga asos konstruksiya asosida turli fasondagi ayollar jaketini Fransuz metodikasida modellashtirish, andozalarga qo‘yiladigan talabalar asosida asosiy, hosila va yordamchi andozalarni ishlab chiqish, gazlamada bichish va texnologiya asosida tikish usullari o‘rgatiladi.